AsosiyJamiyat

Yangiyo`ldagi sexda 27 kunda qariyb 1,8 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi

'Yangiyo`ldagi sexda 27 kunda qariyb 1,8 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi'ning rasmi

“O`zneftgazinspeksiya” hamda “Hududgazta`minot” mutaxassilari tomonidan Yangiyo`l tumanida joylashgan “Binokor-M” MChJga qarashli pishga g`isht ishlab chiqarish sexida noqonuniy gaz sarflanganligi aniqlandi.

Joriy yilning 31 oktyabr kunida, pishgan g`isht ishlab chiqarish sexi ko`zdan kechirilganda, sexda o`rnatilgan gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta`sir etkazishga sharoitlar yaratilganligi ma`lum bo`ldi. Shu sababli gaz hisoblash uskunasi elektr manbaasidan uzilganligi aniqlandi.

Metrologiya xodimlari tomonidan gaz xisoblash uskunasi qaytadan elektr manbaasiga ulanganda, gaz hisoblash uskunasining xotirasida 27 kun davomida sarflangan gaz xajmi yozilib borilmaganligi ma`lum bo`ldi. Yuqorida kursatilgan muddat davomida g`isht ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz bilan ta`minlanib kelgan.

Dastlabki xisob kitob bo`yicha 27 kun davomida jami 1 mlrd 790 mln so`mlik, 1 mln 790 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, zarar etkazganligi aniqlandi, deya xabar beradi “O`zneftgazinspeksiya” axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar