AsosiyJamiyat

Senat qarshilik 5 yigit tomonidan xo`rlangan ayol ishini nazoratga oldi

'Senat qarshilik 5 yigit tomonidan xo`rlangan ayol ishini nazoratga oldi'ning rasmi

 

Xabaringiz bor, sal avval, Qashqadaryoda 5 yigit 26 yoshli ayolni zo`rlagani haqida xabar bergan edik. Ayni paytda voqea jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Fikrlar esa turlicha. Bu bo`yicha Oliy Majlis Senati holatni o`z nazoratiga olganini ma`lum qildi:

“ ...Ko`ngilsiz voqeaga uchragan bu ayolning tunda ko`chada yurgani yoki axloqiy yurish-turishi mazkur mudhish jinoyat sodir etilishiga asosiy sabablardan biri sifatida ko`rsatilmoqda.

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi bu holatni faqat ana shu omil bilan bog`lash noto`g`ri ekanligini ta`kidlaydi. Unutmasligimiz lozim, mamlakatimiz Konstitusiyasi va qonunlarida har bir fuqaro xoh tun, xoh kunduz bo`lsin, ko`chada yurishi taqiqlanmagan, shuningdek hech kim birovning axloqsizligini ro`kach qilib, uni o`zboshimcha jazolashga haqqi yo`q.

Bundan tashqari, ma`lum bo`lishicha, bu ayol o`z oilasini boqish istagida umumiy ovqatlanish joylaridan birida ofisiant bo`lib ishlagan va uyiga qaytayotgan vaqtda ayrim niyati buzuq shaxslar tomonidan tahqirlangan.

Shuning uchun masalaga bunday tor ma`noda yondashish yurtimizda tunda yurish zo`ravonlik qurboni bo`lishga sabab bo`ladi degan mutlaqo noto`g`ri qarashlarning shakllanishiga, natijada mamlakatimizda o`rnatilgan qonun ustuvorligi haqida yanglish fikr paydo bo`lishiga olib keladi.

Xulosa bitta – shaxsning erkinligiga tajovuz qilingan va jinoyat sodir etgan shaxslar qonun oldida javob berishi muqarrar.

O`zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi va Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi ushbu jinoyat ishi yuzasidan mutasaddi idoralar tomonidan zarur choralar ko`rilishini kuzatib boradi".

Holbuki voqeaga nisbatan nazorat kuchaytirilgan ekan, ko`rilgan choralarni, albatta, hali ma`lum qilamiz,

Boshqa yangiliklar