1

“Lukoyl” kompaniyasi xodimining Jarquduqdagi harakatlariga izoh berdi

Jamiyat 14.11.2019, 15:52
Teglar: O`zbekiston, Lukoyl
“Lukoyl” kompaniyasi xodimining Jarquduqdagi harakatlariga izoh berdi

«Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani» matbuot xizmati kompaniyaning xodimi uning so`zlariga ko`ra, yo`riqnomalarga rioya qilmaydigan va ularni buzadigan ishchilardan noroziligini odobsiz shaklda bildirganligi aks etgan videoga izoh berdi.

Kompaniya ma`lumotlariga ko`ra, voqea 29 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jarquduq gazni tozalash inshootida bo`lgan.

«Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Jarquduq nimstansiyasida yuqori 110 ming voltlik ishlaydigan usta boshchiligidagi elektrchilar guruhi xavfsizlik talablarini qo`pol ravishda buzgan, bu esa brigadaning o`limiga, qimmat jihozlarning shikastlanishiga va butun ob`ektning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo`lgan», — deyiladi xabarda.

Mazkur holatni bosh energetik I. A. Shilov aniqlagan, shundan so`ng matbuot xizmatining ta`kidlashicha, podstansiyadagi ishlar qoidalarga mos kelgunga qadar to`xtatilgan.

«O`z qo`l ostidagi xodimlarning yo`riqnomaga rioya qilmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan fojiali oqibatlarni anglab etgan holda, I. A. Shilov muloqotning axloqiy me`yorlarini e`tiborsiz qoldirgan va mahalliy xizmat ko`rsatuvchi xodimlarga qo`pol so`zlar bilan murojaat qilgan», — deydi «Lukoyl Uzbekiston” matbuot xizmati.

Hozirgi vaqtda kompaniyada ichki tekshiruv o`tkazilmoqda, shu sababli I. A. Shilov LUKOYLning ish etikasi bo`yicha komissiyasining Moskvadagi yig`ilishiga chaqirilgan.

«Tergov natijalariga ko`ra, voqeaning barcha ishtirokchilariga aybdorlik darajasini hisobga olgan holda va korporativ talablarga muvofiq ravishda intizomiy choralar qo`llaniladi», — deyiladi xabarda.

“LUKOYL” kompaniyasi sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yuqori standartlarga amal qilishiga va qoidalarga rioya qilinishini diqqat bilan kuzatib borishiga ishontirdi. 

Avvalroq, mazkur videoga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlar ko`payib, haqoratlarga kerakli chora ko`rish borasida “Adolat“ SDP hamda “Yuksalish“ umummilliy harakati tomonidan ham munosabat bildirildi. Shuningdek, bugun O`zliDep ham “Lukoyl” mas`ul xodimiga jazo choralarini ko`rish eng to`g`ri yo`l ekanini ta`kidladi.

“Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ rahbar xodimining nomaqbul harakatini kompaniya vakili qisqacha izohlab berdi

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1