Ayni paytda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat test markazi mutaxassislari ishtirokida brifing bo`lib o`tmoqda.
Brifing "Jamoatchilik, jumladan abiturientlar va ularning ota-onalari uchun test topshiriqlari (savollar)ning ochiqligini ta`minlash" mavzusiga bag`ishlangan.
Tadbirda ishtirok etayotgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning DTM rasmiylariga asoslanib ma`lum qilishicha:
- Kelgusi yil kirish imtihonlarida bu yilgi testlardan ham tushadi;
- Endilikda testlardan namunalar ochiq — onlayn tarzda berib boriladi;
- Testlarda 5 ta fandan imtihon bo`ladi, shundan 3 tasi asosiy va 2 tasi qo`shimcha fan;
- Asosiy va qo`shimcha fanlardan testlarning murakkablik darajasi bir xil bo`lmaydi. Masalan, matematika yo`nalishida abiturientga tushgan matemateka fanidan testlar murakkabroq tuziladi, biologiya yo`nalishida topshirgan abiturientning matematikadan tushgan savollari esa osonroq bo`ladi.
Tadbir davomidagi boshqa muhim yangiliklarni yaqin daqiqalarda berib boramiz. Saytimizdan uzoqlashmang!






