1

Bugun Qamchiq dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi

Jamiyat 15.11.2019, 12:00
Teglar: mashina, Qamchiq
Bugun Qamchiq dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi

 

Bugun, 15 noyabr kuni tongida “Qamchiq” dovonining “Vodiy-Toshkent” yo`nalishida harakatlangan yuk mashinasi A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining 227 km.da boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketgan. Bu haqida FVV matbuot xizmati ma`lum qildi.


Keltirilishicha, “Beshqo`l” navbatchilik maskani guruh komandiri M.Boychaev boshchiligidagi qutqaruv guruhi tezkorlik bilan voqea joyiga etib borishgan.

Aniqlanishicha, Xorazm viloyati Urganch shahrida tug`ilgan M.N. boshqaruvida bo`lgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ag`darilib ketgan. Birinchi navbatda qutqaruvchilar tomonidan haydovchiga psixologik yordam ko`rsatildi. So`ngra ag`darilgan yuk mashinasi handaqdan chiqarilib, evakuator yordamida belgilangan manzilga jo`natib yuborildi.



Sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar aniqlanmadi.

Sharhlar

"Qamchiq" dovonidagi tonnelda “Isuzu” devorga urilib, yonib ketdi (video)

22.07.2023, 11:26

Bugun, 22 iyul kuni soat 03:20 da A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Rezak” tonnelida “Vodiy-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotib tonnel...
"Qamchiq" davonida yo`ldan chiqib ketgan "VOLVO" 5 va 8 tonnalik yuk mashinalariga borib urildi. Yuk mashinalardan biri yonib ketgan

11.10.2022, 11:14

Bugun, 11 oktyabr kuni soat 05:45 da A-373 “Toshkent-O`sh” xalqaro avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovoni qismida “Vodiy-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan “VOLVO” rusumli yuk mashinasi haydovchisi kutilmaganda...
"Eksport kamaygan, import va ishlab chiqarish keskin oshgan" O`zbekistonda avtomobillar statistikasi e`lon qilindi

06.05.2022, 09:26

2022 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekistonda 68 905 dona engil avtomobillar ishlab chiqarilgan.  Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning mos davri bilan...
Rishtonda mashina olib beraman deb 3.500 AQSh dollarni o`zi uchun sarflab yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

24.07.2021, 18:57

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati bu haqda xabar qildi. Ma`lum bo`lishicha,  2019 yilning noyabr oyida fuqaro G`.R. E.A.ning ishonchiga kirib, avtomashina olib berishini vada qiladi.  3.500 AQSh dollarini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1