1

Toshkent shahar IIBB Chorsuda o`zini va II xodimlarini portlatgan ayol voqeasini aytib berdi

Jamiyat 16.11.2019, 21:59
Teglar: IIBB, Chorsu
Toshkent shahar IIBB Chorsuda o`zini va II xodimlarini portlatgan ayol voqeasini aytib berdi

Respublikamiz mustaqilligining yigirma sakkiz yili davomida faqat Toshkent shahar IIBBning o`zigina 29 nafar eng yaxshi xodimlarini yo`qotdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ulardan to`qqiz nafari terrorchilar qo`lidan halok bo`ldishdi, ular orasida Shayxontohur tumani IIO FMB PPX xodimlari starshina Qodir Rahmonov, serjant Otabek Quvatov va katta serjant Faxriddin Tirkashev ham bor.

Albatta, 2004 yil 29-mart kuni Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasida (hozirda IIO FMB) ertalabgi ko`rikda PPX xizmatining boshqa xodimlari ham bor edi. Lekin Chorsu bozori yaqinidagi "Bolalar Dunyosi" do`koni yonida o`z xizmatini olib borgan ayni shu uch yigit kiyimi ostida portlovchi moslamani yashirgan ayolga yaqin bo`lgan. Ayol ulardan yordam so`ramoqchi deb o`ylagan ichki ishlar xodimlari unga yordam berishga tayyor edilar. Ularga yaqinlashgach, ayol portlovchi moslamani ishga soldi ...

Bu holat shu qadar to`satdan va chaqmoqdek tez sodir bo`ldiki, ko`pchilik aslida nima bo`lganini darhol anglay olmadi. Ba`zida shu xodimlar o`z hayotlarini biz uchun qurbon qilishlari taqdir bo`lganligi o`ylab qoladi kishi.

Dunyoda har lahzada ma`lum miqdorda insonlar o`lim topmishadi, ammo ularning aksariyati noma`lum bo`ladi. Ammo 2004 yil 29-martda Toshkentda vafot etgan Shayxontohur tumani IIB PPX xodimlari K. Rahmonov, O. Kuvatov va F. Tirkashevlar haqidagi xabar bir zumda mamlakat bo`ylab tarqaldi. Ular misolida ko`pchilik xodimlar fuqarolarning manfaati uchun sodiq xizmat qilishlarini, xodimlar uydan chiqib, qaytib kelmasliklari mumkinligini tushunishdi.

Otabekning ortidan ikki nafar farzandi qoldi, Qodir va Faxriddinda esa uch nafardan... Qodir Rahmonovning vafotidan so`ng uning katta qizi Gulchehra ichki ishlar organlarida xizmat qilishga qaror qildi. Bugungi kunda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi o`z xizmat vazifalarini ado etish vaqtida halok bo`lgan xodimlarning oilalariga alohida e`tibor berib, ularga har tomonlama yordam bermoqda.

Hayotda hech kim qasddan qahramonlik ko`rsatmaydi, bu kabi holatlar tasodifan ro`y beradi. Qahramonlik, avvalambor, vatanga, xalqqa xizmat qilishdir, xatarlarga qaramasdan, o`zini xizmatida sodiq bo`lishdan iborat.

Xizmatga sodiqlik, fidoyilik, mardlik va jasorat uchun starshina Kodir Rahmonov, serjant Otabek Quvatov va katta serjant Faxriddin Tirkashevlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 26-apreldagi Farmoniga binoan vafotlaridan keyin "Jasorat" medali bilan taqdirlanganlar.

Huquqni muhofaza qilish xodimlarining ishi qiyin va xavfli: g`arazgo`yga yo`liqish oqibatida tezkor xodim, yo`l-patrul xizmati xodimi yoki post-patrul xizmati xodimi bo`lgan yosh yigitning hayoti va umidlari bir lahzada uzilib qolishi mumkin...

Sharhlar

Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta`lim bergan shaxs 15 sutkaga qamaldi

31.08.2021, 11:09

Yangihayot tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida aniqlanishicha, xususiy uylardan birida 20 yoshli Muhammad Q., tegishli ruxsasiz voyaga etmaganlar uchun diniy adabiyotdan foydalangan holda dars...
Mirobod tumanida ozorbayjonlik erkak boshqargan «Lacetti» YTHga uchradi

12.04.2021, 18:40

2021 yil 10 aprel kuni taxminan soat 16.40 da Mirobod tumani Mehrjon ko`chasida (Dilkash kafesi qarshisida) ikkita transport vositalari: 65 yoshli Ozarbayjon Respublikasi fuqarosi Xalik...
Toshkentda 35 yoshli ayolga sovuq qurol bilan tan jarohati etkazgan shaxs qidiruvga berildi

13.03.2021, 17:28

35 yoshli ayolga sovuq qurol bilan tan jarohatlari etkazganlikda gumonlanuvchi 1986 yilda tug`ilgan Mustafaev Bexroz Xamrakulovichning qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh...
"Besh kundandan beri komada yotgan" san`at instituti talabasi haqida ma`lumot berildi

27.02.2021, 20:13

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitning kasalxonada yotganligi aks etgan fotosurat tarqaldi. Fotosurat sharhiga “San`at instituti talabasi 5 kundan beri komada”, deb yozilgan.Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1