Toshkent shahar IIBB o`tgan oyda yo`l qoidasini buzish hisobiga sodir bo`lgan YTH haqida ma`lum qildi.
12-oktyabr kuni soat 21.00 da Mirobod tumanidagi I. Karimov ko`chasida “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi 37 yoshli Bunyod Yu. velosipedchini urib yuborgan.
YTH natijasida 14 yoshli Islom T. tan jarohatlari olib, tibbiy yordam uchun murojaat qildi. YTH sababi: o`smir yo`lning mumkin bo`lmagan joyidan velosipedda kesib o`tayotgan bo`lgan.