Bugun, 19 noyabr kuni mamlakatning turli hududlarida elektr energiyasida uzulishlar kuzatiladi.
Unga ko`ra, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta`mirlash yillik rejasiga asosan hamda iste`molchilarga kuz-qish mavsumida elektr energiyasini rejim bo`yicha etkazib berilishini ta`minlash va elektr qurilmalari va tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida viloyatning quyidagi hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi:
• Namangan shahridagi 110/6 kVli “Oydinko`l” va 110/10 kVli “Oromgoh” nimstansiyalarida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borishi natijasida soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar Namangan shahrining “Sohibkor”, “Gulpora”, “Yangi qurilish”, “Ilg`or”, “Amir Temur”, “Oromgoh”, “Tinchlik”, “Mehnatobod”, “Yoshlik” va “Mustaqillikning besh yilligi” MFYlar hududlari;
• Pop tumanidagi 35/10 kVli “Chig`anoq” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi natijasida soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar Pop tumanining “Yuksalish” va “Chig`anoq” MFYlar hududlari.
“Navoiy HETK” AJ tomonidan viloyatdagi L-Langar-35 kVli havo elektr uzatish tarmog`ining rejali ta`mirlanishi sababli Xatirchi tumanidagi “Oltinsoy”, “Oqtepa”, “Angidon”, “Sangijuman”, “Maydon”, “Qo`rg`ontepa”, “Baxshijar” hamda “Langar” mahalla fuqarolar yig`inlarida yashovchi aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasi ta`minotida vaqtincha uzilish bo`ladi.
Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga qarashli 10 kVli TP 1799-sonli transformator punktining 2-seksiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida 20-mavze “Diydor” mahalla 1, 2, 3, 4 va 5-tor “Hakimxon” hamda “So`galli ota” ko`chalaridagi 234, 237, 244, 254, 257, 258 va 284-sonli aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik o`chiriladi.
Elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so`raladi.