1

Xorazmda giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo`li bilan olib kirgan shaxslarga hukm o`qildi

Jinoyat 19.11.2019, 09:45
Teglar: giyohvand moddalar
Xorazmda giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo`li bilan olib kirgan shaxslarga hukm o`qildi

Xorazm viloyati IIB va DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida respublikamiz hududida Tojikiston Respublikasi fuqarolarining jinoiy faoliyatiga chek qo`yildi.

Tojikiston Respublikasi fuqarolari 34yoshli I.U. va 36yoshli K.D. lar oldindan jinoiy til biriktirib, K.D.ning boshqaruvidagi «Vaz-2110» rusumli avtomashinasining benzin baki ichiga yashirgan holda Tojikiston Respublikasi hududidan O`zbekiston Respublikasi hududiga chegara posti orqali kontrabanda yo`li bilan olib kirilgan 6 dona polietilen paketlarga qadoqlangan «OPIY» giyohvandlik vositasini 2019 yil 5 iyun kuni soat 01:30 da Samarqand viloyati hududida 20.000 AQSh dollariga sotayotganlarida tezkor-tadbirda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (juda ko`p miqdorda giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish) va JKning 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Tojikiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan ayblov e`lon qilingan hamda «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

2019 yilning 5 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Urganch tuman sudining hukmiga ko`ra K.D. va I.U.lar O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi va 246-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, K.D.ga nisbatan 10 yil, I.U.ga esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Sharhlar

Namangan va Andijonda giyohvand moddalar savdosi bilan shug`ullanayotganlar qo`lga tushdi

19.10.2019, 16:48

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan shahrida yashovchi Erkin Mavlonov, Mirzohid Lutfillaev va Bahodir Turg`unovlar giyohvandlik moddasini xarid qilish maqsadida Qirg`iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Axsi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1