1

O`zbekistonda Katta Langar Qur`onini ta`mirlash ishlari yakunlandi

Jamiyat 19.11.2019, 09:53
Teglar: Qur`on, qo`lyozma, Katta Langar Qur`oni
O`zbekistonda Katta Langar Qur`onini ta`mirlash ishlari yakunlandi

Islom dinining asosiy manbasi hisoblangan Qur`oni karimning eng qadimiy nusxalari xalqimizning bebaho merosi sifatida qadrlanadi. Yurtimizdagi ana shunday ma`naviy meroslardan biri O`zbekiston musulmonlari idorasi muzey-kutubxonasida saqlanayotgan VIII asrga oid “Katta Langar Qur`oni” sahifalaridir.

O`zbekiston Prezidentining 2017 yil 24 mayda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ`ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, qadimiy yozma asarlarni bus-butunligini saqlash borasida Diniy idora tomonidan keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ilg`or xorijiy tajribalar o`rganildi, sohaning etuk mutaxassislari ishtirokida o`quvlar tashkil etildi va chet-ellik ekspertlar yurtimizga taklif etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi va O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig`i asosida O`zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo`yicha qo`mita, Madaniyat vazirligi tomonidan “Mo`yi muborak” muzeyida saqlanayotgan “Katta Langar Qur`oni” sahifalarini mahalliy va Luvr muzeyi restavratorlari ishtirokida Diniy idoraning konservasiya va restavrasiyasi laboratoriyasida restavrasiya qilindi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.

“Katta Langar Qur`oni” sahifalarini konservasiya va restavrasiya qilish jarayonida Fransiyadan kelgan mutaxassislar Aksel Delo, Aurel Streri, O`zbekiston Milliy kutubxonasi koservasiya va restavrasiya bo`limi bosh mutaxassisi Shuxrat Po`latov, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi bo`limi o`rinbosari Shahnoza Ishmatova, O`zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi mudiri Kamoliddin Mahkamov va etakchi mutaxassis Saidrahmat Ikramov ishtirok etdi.

7-11 noyabr kunlari davomida “Katta Langar Qur`oni” sahifalarini konservasiya va restavrasiya qilish jarayoni birinchi bosqichi yakunlandi. Keyingi yilning fevral oyidan restavrasiya davom ettiriladi, sentyabr oyidagi uchinchi bosqich ishlaridan so`ng jarayon yakunlanadi.

Ma`lumot o`rnida, Katta Langar Qur`oni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Langar ota masjidida uzoq vaqt saqlangani bois shunday nom olgan bo`lib, Islom olamidagi eng qadim tarixga ega Mushaf qo`lyozmalaridan biri sanaladi.

«Katta Langar Qur`onining [O`zbekiston Musulmonlar idorasida saqlanayotgan qismi] 12 ta birlashtirilgan sahifa va bitta alohida ─ jami 13 ta sahifadan iborat. Sahifalar XIX asrda muqovalangan. Qur`onning o`zi esa VIII asrda bitilgan deb hisoblanadi.

Katta Langar Qur`onining O`zbekistonga qanday kelib qolgani haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Ilmiy tadqiqotlar xulosasiga asosan, qo`lyozmaning bitilishi VIII asrning oxirgi choragida – arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrga to`g`ri keladi.

Taxminlarga ko`ra, Katta Langar Qur`onining umumiy hajmi 206 sahifani tashkil etgan. Hozirgacha ularning faqatgina 97 tasi saqlanib qolgan. Qolgan qismining taqdiri noma`lum. Sahifalarning 81 tasi Sankt-Peterburgdagi Sharq qo`lyozmalari institutida saqlanadi.

 

Sharhlar

Qur`oni Karimning 300 metrli eng uzun qo`lyozmasi namoyish etildi

06.11.2019, 09:32

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o`tkazilayotgan 38-xalqaro kitob ko`rgazmasida 300 metr uzunlikdagi Mushaf qo`lyozmasi namoyish etildi.The National nashrining yozishicha, qo`lyozma muallifi, hindistonlik rassom M Dileef...
XVI asrga oid Qur`on qo`lyozmasini chet elga sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi (Video)

13.10.2019, 23:00

Avval xabar berganimizdek, Buxoro shahrida yashovchi 49 yoshli fuqaro tomonidan 150 ming AQSh dollari evaziga Qirg`izistonga o`tkazib berilishi kerak bo`lgan qadimiy Qur`on qo`lyozmasi Davlat xavfsizlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1