1

Aliment to`lamagan ota ma`muriy qamoq jazosini o`taydigan bo`ldi

Jinoyat 19.11.2019, 15:58
Aliment to`lamagan ota ma`muriy qamoq jazosini o`taydigan bo`ldi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro shahar sudining 14.11.2011 yildagi sud buyrug`iga asosan Jondor tumanida yashovchi U.Hojiev undiruvchi O.Fatilloeva foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment to`lashi belgilangan bo`lishiga qaramasdan oradan 3 yilu 5 oydan ko`proq vaqt buyon biror marotaba ham aliment pulini to`lamagan.   

MIB Jondor tumani bo`limi ish yurituvidagi aliment ishi bo`yicha U.Hojievning 01.06.2016 yildan 23.10.2019 yilga qadar aliment to`lovlarini ikki oy va undan ortiq muddat mobaynida to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelganligi oqibatida aliment qarzi 17 568 000 so`mni tashkil qilgan.

Jondor tuman ma`muriy sudining 07.11.2019 yildagi qaroriga asosan U.Hojiev O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 474-moddasi bilan aybdor deb topilib, 15 (o`n) besh sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1