Bir muddat avval, Moskva metrosida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga judayam o`xshab ketadigan kishining o`zbekistonlik bo`lib chiqqanligi haqida xabar bergan edik.
Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi asli o`zbekistonlik Umidjon Usaboev Rossiyada komediya janrida suratga olinadigan filmda Ukraina prezidenti obrazini gavdalantiradi, deya xabar bermoqda Mash.
Umidjon Usaboevning suratlari yozda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, oktyabr oyida rossiyalik jurnalistlar Umidni topgan. Shundan so`ng u asli o`zbekistonlik bo`lib, Moskvada oilasi bilan yashashi va mashinalarni bo`yash bilan shug`ullanishi ma`lum bo`ldi.
Umid Isaboevning aytishicha, bir necha Rossiya telekanallarida chiqqanidan so`ng uning hayoti o`zgarib ketgan.
«Birinchi intervyudan so`ng ko`p narsa o`zgardi. Ko`chada odamlar men bilan suratga tushishni so`ray boshladi. "Siz bilan selfi tushsam maylimi?" deb so`rashadi. Taniqli prodyuser bosh rol uchun shartnoma taklif qilyapti», — deydi Umid.
Isaboev Rossiyaning Ukraina haqidagi to`rt qismli filmida suratga tushadi. Umid ssenariyni o`qib chiqqan va Zelenskiy obrazini gavdalantirishga rozi bo`lgan.
Eslatib etamiz, hamyurtimiz, sal avval, chortoqliklarga alohida salom yo`llagan edi.