Xorazm viloyati IIB va DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida respublikamiz hududida Tojikiston Respublikasi fuqarolarining jinoiy faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Tojikiston Respublikasi fuqarolari 34–yoshli I.U. va 36–yoshli K.D. lar oldindan jinoiy til biriktirib, K.D.ning boshqaruvidagi “Vaz-2110” rusumli avtomashinasining benzin baki ichiga yashirgan holda Tojikiston Respublikasi hududidan O`zbekiston Respublikasi hududiga chegara posti orqali kontrabanda yo`li bilan olib kirilgan 6 dona polietilen paketlarga qadoqlangan “OPIY” giyohvandlik vositasini 2019 yil 05 iyun kuni soat 01:30 da Samarqand viloyati hududida 20.000 AQSh dollariga sotayotganlarida tezkor-tadbirda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (juda ko`p miqdorda giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish) va JKning 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Tojikiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan ayblov e`lon qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
2019 yilning 5 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Urganch tuman sudining hukmiga ko`ra K.D. va I.U.lar O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi va 246-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, K.D.ga nisbatan 10 yil, I.U.ga esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.