O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi sa`y-harakatlari bilan yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi “NURAFSHON AVTOTRANS SERVICE” unitar korxonasi, “Davron Imron Trans” MChJ, “Foton Avtotrans” MChJ va “Bagema Trans” MChJ tomonidan Toshkent viloyatida na`muna sifatida avtobus va mikroavtobus haydovchilari maxsus xizmat kiyimlari bilan to`liq ta`minlandi, deya xabar beradi Vazirlik Axborot xizmati.
Mazkur qaror yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan avtotransport xizmatlari sifatini oshirish, haydovchilarning madaniyatli xizmat ko`rsatishini tashkil etish maqsadida qabul qilingan.
Hozirda, Toshkent viloyatidagi qolgan barcha yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar haydovchilari ham ish faoliyati davomida maxsus xizmat kiyimlari bilan harakatlanishi, avtobuslarning toza va ozoda saqlanishi, haydovchilarning muomala madaniyatiga rioya etgan holda yuqori saviyadagi xizmat ko`rsatishni tashkil etish bo`yicha Toshkent viloyati Transport boshqarmasi tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.