AsosiyJamiyat

Jizzaxda 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi

'Jizzaxda 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 19 noyabr kuni soat 07:30larda Jizzax viloyati, Zomin tumani IIB 10-sonli bo`linmasida 7 nafar yollanma ishchi is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etishgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.   

Keltirilishicha, ular bo`linma binosida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar