AsosiyJamiyat

Xalq banki va “Mikrokreditbank” Qashqadaryo filiali rahbarlarini o`zgartirdi

'Xalq banki va “Mikrokreditbank” Qashqadaryo filiali rahbarlarini o`zgartirdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatidagi 2 ta bank rahbari almashdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, aksiyadorlik tijorat Xalq bankining viloyat filiali rahbari va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filiali rahbariyatida o`zgarish bor. 

Ma`lum bo`lishicha, "Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filialiga Yakubov Jamshid Raxmatullaevich, Xalq banki viloyat filialiga esa Xasanov Sardor Xazratqulovich rahbar etib tayinlangan. 

Eslatib o`tamiz, ayni kunda viloyatda 16 ta tijorat banki faoliyat yuritadi.

Zoir Mirzaevning Dehqonobodga tashrifi chog`ida har bir bank rahbariyatiga tuman ahli uchun naf keltiruvchi biror bir loyihani amalga oshirish topshirig`i berilgandi. "O`zsanoatqurilishbank" rahbariyati tumandagi bog`chalarga artezan quduq qazib, ichimlik suvi chiqarish loyihasi uchun kredit mablag` ajratish mas`uliyatini zimmasiga olgandi.

Boshqa yangiliklar