Toshkentda AQShga jo`natishda yordam beraman, deb odamlarni chuv tushirayotgan ayollar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.
Joriy yilning iyul oyida Mirzo-Ulug`bek tumanida 62 yoshli Nargis S., 46 yoshli Zulfiya I. va 46 yoshli Dilfuza A.lar 34 yoshli Gulandon A.ga uning oilasini AQShga jo`natishda yordam berishlarini va`da qilishgan. Buning uchun ayollar jabrlanuvchilardan 16.490 AQSh dollari olganlar. Ammo va`dalariga xilof tarzda pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.
Tergov davomida aniqlanishicha, 2018 yilning may oyidan joriy yilning apreligacha 46 yoshli Zulfiya I., 62 yoshli Nargis S. va 46 yoshli Dilfuza A.lar 37 yoshli Lola A.ga ham uning oilasiini AQShga jo`natishni va`da qilishgan. Lola ularga jami 17 420 AQSh dollari bergan. Ammo va`dalarida turmagan fuqarolar pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Ayblanuvchilarga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo`yicha qo`shimcha ayblov yuklandi.
Ayni paytda tergov davom etmoqda.
17.11.2023, 09:49
3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...10.11.2023, 12:45
Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...06.09.2023, 10:12
Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...03.04.2023, 10:05
Kecha, 2 aprel kuni Toshkent shahrida kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida turli suv toshqinlari yuzaga keldi. Ma`lum qilinishicha, poytaxtda bir necha soat ichida oylik yog`inning uchdan...