1

Usmon Qur`oni O`zbekiston islom sivilizasiyasi markaziga joylashtiriladi (foto)

Jamiyat 20.11.2019, 18:37
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Qur`on, islom sivilizasiyasi markazi
Usmon Qur`oni O`zbekiston islom sivilizasiyasi markaziga joylashtiriladi (foto)

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston islom sivilizasiyasi markaziga yana bir bor tashrif buyurdi.  

Davlatimiz rahbari asos solgan ushbu muassasa xalqimizning boy o`tmishini, ilm-ma`rifat rivojiga qo`shgan katta hissasini namoyon etadigan yaxlit majmua bo`ladi. 

- Hamma o`z tarixini ulug`laydi. Lekin bizning yurtimizdagidek boy o`tmish, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qaerda yo`q. Bu merosni chuqur o`rganishimiz, xalqimizga, dunyoga etkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam ulkan merosimiz haqida to`la tasavvurga ega bo`lishi, katta ma`naviyat olib ketishi zarur, - degan edi Shavkat Mirziyoev bu erga avvalgi tashriflaridan birida.

Markaz qurilishi va faoliyati yo`lga qo`yilishida ana shu maqsad asosiy mezon etib belgilandi. Qariyb ikki gektar maydonda uch qavatli ko`rkam imorat qad ko`tardi. Binoning simmetrik markazida bejirim sharqona gumbaz, to`rt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurildi.  

Mazmunan olganda esa, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizasiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri bo`lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiya ishlab chiqildi.  

Birinchi qavatda muzey ombori, qadimiy qo`lyozma va osori-atiqalarni saqlash hamda restavrasiya qilish xonalari, nashriyot va kitob do`konlari joylashadi.

Ikkinchi qavatdagi ulkan foye markaziga Usmon Qur`oni joylashtiriladi. Shuningdek, bu erda Islom san`ati muzeyi, 435 kishiga mo`ljallangan konferensiya zali bo`ladi. Ko`rgazmalarda O`zbekiston tarixi davrlar bo`yicha, har bir asr, har bir allomaga oid manbalar va ashyolar asosida namoyish etiladi. 

Uchinchi qavatdan esa 100 minggacha qo`lyozmalar fondiga ega kutubxona, axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va ma`muriy xonalar o`rin oladi. 

Prezidentimiz ta`kidlaganidek, Islom sivilizasiyasi markazi shu yo`nalishdagi ilmiy muassasalar uchun fundamental baza bo`ladi. Bu erda mahalliy va xorijlik mutaxassislar ilmiy tadqiqotlar olib boradi, ularning natijalari asosida qomuslar, ilmiy-ommabop to`plamlar, teleko`rsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlanadi. O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi o`qituvchi va talabalari ushbu maskanga kelib, bilimini mustahkamlaydi.

- Bu markaz asrlar davomida xalqimizga xizmat qiladi, uning har bir naqshi tarixga muhrlanadi. Shuning uchun markazning bezagi, ma`no-mazmuni islomiy va ilmiy jihatdan asoslangan, chuqur o`ylangan bo`lishi kerak. Odamlar ham o`qib, ilm oladigan, ham yurakdan his qiladigan muhit yaratish zarur, - dedi davlatimiz rahbari.Butun dunyodan diniy ulamolar, islomshunos va tarixchi olimlar ishtirokida xalqaro anjuman tashkil etib, fikrlarini o`rganish, takliflar ishlab chiqish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Sharhlar

Daniyalik siyosatchi Rossiyadagi elchixona oldida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi

30.01.2023, 12:54

Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1