1

Ko`p miqdordagi soliqlarni to`lashdan bo`yin tovlaganlar aniqlandi

Jinoyat 21.11.2019, 09:57
Ko`p miqdordagi soliqlarni to`lashdan bo`yin tovlaganlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda juda ko`p miqdordagi soliqlarni to`lashdan bo`yin tovlash va savdo qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Bu haqida  Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov bizga xabar berdi...

Ellikqala tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “I.Q.L.” MChJ mansabdor shaxslari 2019 yilning 6 oyi davomida 5,6 mlrd. so`mlik tovar aylanmasini amalga oshirib,  933,4 mln. so`m qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganliklari hamda tovarlar sotuvidan tushgan 4,7 mlrd. so`m naqd pul mablag`larini bank muassasasiga topshirmasdan, juda ko`p miqdordagi savdo qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Nukus shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A-Q-Nukus” MChJ mansabdor shaxslari 2019 yilning 6 oyi davomida  2,7 mlrd. so`mlik tovar aylanmasini amalga oshirib, 294,1 mln. so`m qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganliklari hamda 2,4 mlrd. so`m naqd pul mablag`larini bank muassasasiga topshirmasdan, juda ko`p miqdorda savdo qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Nukus tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.M.Q” MChJ mansabdor shaxslari 2019 yilning 6 oyi davomida 4,9 mlrd. so`mlik tovar aylanmasini amalga oshirib, 306,5 mln. so`m qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganliklari hamda 3,4 mlrd. so`m naqd pul mablag`larini bank muassasasiga topshirmasdan, juda ko`p miqdorda savdo qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan hududiy bo`limlar tomonidan JKning  184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Oqqo`rg`onda qalbaki yuz ming so`mlik kupyuralar aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi chorva mollari bozorida fuqaro I.I.ning ikki bosh qo`ylarini notanish fuqaro 3,4 mln. so`mga xarid qilib, uni aldab, seriya raqamlari bir xil bo`lgan 34 dona  100 000 so`mlik kupyuradagi jami 3,4 mln. so`m qalbaki pullarni berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168 va 176-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1