AsosiyJamiyat

Yana is gazi: kecha 6 kishi zaharlanib, 5 tasi vafot etdi

'Yana is gazi: kecha 6 kishi zaharlanib, 5 tasi vafot etdi'ning rasmi

Kecha yana Respublikada is gazidan zaharlanib vafot etganlar qayd etildi. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Joriy yil 20 noyabr kuni Sirdare viloyati Boyovut tumani, Toshkent viloyati Angren shahar, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 6 nafar fuqarolar gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari oqibatida is gazidan zaharlanib, 5 nafari vafot etgan, 1 nafari shifoxona yotkizilgan.

Uchalla xolatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov oldi tekshiruv xarakatlari olib borilmokda.

Eslatib o`tamiz, 19 noyabr kuni ham Jizzaxda 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etgan edi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar