AsosiyJamiyat

1210 o`zbekistonlik fuqarolikdan chiqarilishi kutilmoqda (ro`yxat)

'1210 o`zbekistonlik fuqarolikdan chiqarilishi kutilmoqda (ro`yxat)'ning rasmi

O`zbekistonning Qozog`iston Respublikasidagi elchixonasi fuqaroligini yo`qotish arafasida turgan o`zbekistonliklar ro`yxatini chop etdi, deya xabar berilmoqda.

“105-ro`yxat” deb nomlangan jadvalda 1210 nafar kishining ismi sharifi kiritilgan. Ushbu shaxslarga nisbatan fuqaroligini yo`qotish masalasi ko`rib chiqilmoqda”, deyilgan rasmiy xabarda.

Xabarda aytilishiga ko`ra yuqoridagi fuqarolar mamlakatdan chiqib ketganidan so`ng bir necha yil davomida O`zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik ro`yxatidan o`tmagan. Shu bois ular fuqarolikdan mahrum bo`lishlari mumkin.

Eslatib o`tamiz, "O`zbekiston fuqaroligi haqida"gi qonunga ko`ra, fuqarolikini yo`qotish uchun beshta asos bo`lishi mumkin:

•    O`zbekiston fuqarosi o`zga davlat xizmatiga kirsa;
•    doimiy chet davlatda yashayotgan shaxs, uch yil mobaynida, asossiz konsullik hisobida turmasa;
•    O`zbekiston fuqaroligi yolg`on ma`lumotlar yoki hujjatlar berish natijasida olingan bo`lsa;
•    fuqaro o`zga mamlakat foydasiga ishlab o`z mamlakatiga katta ziyon etkizsa;
•    o`zga mamlakat fuqaroligini qabul qilsa.

To`liq ro`yxat bilan ushbu manzilda tanishishingiz mumkin. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar