1

Baxmalda g`isht ishlab chiqarish korxonasidan 125 million so`m qarzdorlik undirildi

Jinoyat 21.11.2019, 18:36
Baxmalda g`isht ishlab chiqarish korxonasidan 125 million so`m qarzdorlik undirildi

“O`smat g`isht” mas`uliyati cheklangan jamiyati Baxmal tumanida g`isht ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullandi. Ushbu jarayonda tabiiy gaz bo`yicha iste`mol qarzdorligi yuzaga keldi. Biroq, qarzdorlik o`z vaqtida to`lanmadi va mazkur holat yuzasidan sudga da`vo ariza kiritildi.

Shundan so`ng, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “O`smat g`isht” mas`uliyati cheklangan jamiyat tomonidan “O`ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Jizzax viloyati bo`yicha gaz ta`minoti hududiy filiali foydasiga 125 mln. 374 ming so`m qarzdorlik undirish belgilandi.

Sud qaroriga ko`ra, Majburiy ijro byurosi Baxmal tuman bo`limi tomonidan ijro harakatlari olib borilishi natijasida qarzdorlik to`liq undirilishi ta`minlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1