1

55 yoshli fuqaroning uyidagi giyohvand vositalari joylangan 186 dona gugurt qutisi fosh etildi

Jinoyat 21.11.2019, 22:01
55 yoshli fuqaroning uyidagi giyohvand vositalari joylangan 186 dona gugurt qutisi fosh etildi

Bojxona va DXX viloyat boshqarmalari, viloyat va Vobkent tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir davomida Vobkent tumanida yashovchi 55 yoshli I.Q.ning yashash uyi ko`zdan kechirilgan.  Uning yordamchi va yashash xonalarida jami 186 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilarga alohida-alohida qadoqlangan holda hamda 3 dona selofan paketlarga va 1 dona mato o`ramiga joylashtirilgan jami 3.618,43 gr.ga teng bo`lgan ko`p miqdordagi “marixuanna” giyohvandlik vositasini kelgusida o`tkazish maqsadini ko`zlab saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, uning uyini ko`zdan kechirish davomida hovlida mavjud ekin erida ekilgan anor butalari orasida 32 tup ta`qiqlangan “kannabis” giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda ekib, etishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1