Avval xabar qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati “Jurnalistlar uyi” binosining achinarli ahvolga kelib qolganligi haqida xabar e`lon qilingan va bunga viloyat hokimiyatining rasmiy munosabati ham bildirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining o`rinbosari Saida Mirziyoeva ushbu holat tez orada bartaraf etilishiga umid bildirdi:
“Achinarli ahvolga tushib qolgan Qashqadaryo viloyati Jurnalistlar uyi binosi, umid qilamizki, Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tez fursatda bartaraf etiladi. Biz ham uning foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etib, bahonada viloyat jurnalist va blogerlari bilan uchrashishga tayyormiz”