Toshkentda fohishaxona saqlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, Yunusobod tumanida 8-noyabr kuni soat 17.00 da 39 yoshli Olga L. 100 ming so`m evaziga uyiga “tanho qolmoqchi” bo`lgan shaxslarga xizmat qilgan va ana shu voqea ustida qo`lga olingan.
Ayni paytda ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (“Fohishaxona saqlash yoki qo`shmachilik qilish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi