21 noyabrda Portugaliyada minglab polisiyachilar parlament binosi oldiga namoyishga chiqdi. Ular hukumatdan yaxshiroq maosh va ish sharoitlarini talab qilishmoqda. Bu Portugaliyadagi 2015-yildan buyon sodir bo`lgan eng katta namoyish hisoblanadi.
Bu norozilikda qancha odam qatnashgani haqida rasmiy ma`lumotlar hozircha mavjud emas.
“Hukumat banklar uchun pul topadi, nega polisiya uchun topolmaydi? Bizda hatto zarur uskunalar uchun ham pul yo`q” deydi ismini aytishni istamagan namoyishchilardan biri. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib tarjimon.uz xabar berdi.
«Biz xalqni himoya qilamiz, lekin kim bizni himoya qiladi?» deb yozilgan plakatlar ko`targan namoyishchilar yuqori maosh, yangi jihozlar, yaxshilangan imtiyozlar talab qilishmoqda.
Ma`lumot uchun, Portugaliyada yangi ishga kirgan polisiya xodimining oylik maoshi 789 evroni tashkil etadi. Fransiya va Polsha davlatlarida xuddi shu ish uchun 1309 evro haq to`lanadi.