1

Ona va bola pirotexnika vositalari va psixotrop moddalar sotuvchilari qo`lga tushdi

Jinoyat 23.11.2019, 12:38
Ona va bola pirotexnika  vositalari va psixotrop moddalar sotuvchilari qo`lga tushdi

Farg`onada juda ko`p miqdordagi pirotexnika vositalari hamda dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Qo`qon shahar, S.Abdulla MFY hududida o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.P.ga tegishli avtomashinalarida Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan 6240 quti (55,3 mln. so`mlik) «Britanik» nomli pirotexnika vositalari mavjudligi, ushbu pirotexnika vositalarini yangi yil bayrami arafasida qayta sotish maqsadida olib kelinganligi aniqlangan.  

Shuningdek, tadbir jarayonida Q.P.ning onasiga tegishli, tarkibida psixotrop moddalar bo`lgan 7680 dona «Tramadol Lannaxer» dori vositalari ham mavjudligi aniqlanib, ular ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1