1

Sobiq general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olingani rost bo`ldi

Jinoyat 23.11.2019, 20:50
Sobiq general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olingani rost bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 2019 yil 19 noyabr kuni IIV Qorovul qo`shinlari sobiq qo`mondoni general-mayor D.Panga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

2019 yil 23 noyabr kuni D.Pan JKning 301-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo`llanildi.

Eslatib o`tamiz, kecha Ichki ishlar vazirligi va tizimida bir qator mulozimlar zudlik bilan ishdan olingani haqida xabarlar paydo bo`lgani haqida xabar bergandik. darakchi.uz vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura bilan bog`langanda Bosh prokuraturada o`sha paytda bunday ma`lumot mavjud emasligi bildirilgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1