1

Yana bir “paqildoq” operasiyasi fosh etildi

Jinoyat 23.11.2019, 21:26
Yana bir “paqildoq” operasiyasi fosh etildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yana bir “pirotexnika operasiyasi” fosh etildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olindi hamda Bo`z tumani hududida to`xtatildi.

Fuqaro T.I. tumanning A.Ikromov ko`chasida shartli xaridorga qiymati      10 million so`mlik 57600 dona pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1