1

61,3 mln so`m aliment pulini oldindan to`lagan fuqaroning chetga chiqish cheklovi bekor qilindi

Jinoyat 23.11.2019, 21:33
61,3 mln so`m aliment pulini oldindan to`lagan fuqaroning chetga chiqish cheklovi bekor qilindi

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to`lash, shuningdek aliment to`lash majburiyatini ta`minlash bo`yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to`g`risida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to`lash bola voyaga etgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo`lmagan muddatga amalga oshirish ko`rsatib o`tilgan. 

Byuroning Uchqo`rg`on tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan, fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan Avazbek Yusupovdan undiruvchi Alisherova Gulhayo foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment to`lash belgilangan. 

Fuqaro A.Yusupov muntazam ravishda oyma-oy aliment pulini to`lab bormoqda. Biroq, cheklov qo`yilgani sababli xorijga chiqolmay yurgan edi. Aynan boshqarma axborot ta`minoti va qidiruv sho``basi inspektorlariga ushbu masala yuzasidan murojaat yo`llab, tushuntirish olgani o`z samarasini berdi. Undiruvchi G.Alisherova bilan kelishuv tuzib, besh yillik aliment summani to`lashini so`rab ijro etish usuli va tartibini o`zgartirish haqida ajrim chiqarib berishni so`raydi. Mazkur murojaat atroflicha ko`rib chiqilib, fuqaro A.Yusupov 2024 yilning iyul oyiga qadar jami 61 million 355 ming so`m miqdoridagi aliment pulini to`lab beradi. Joriy yilning 26 iyul kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Uchqo`rg`on tumanlararo sudining ajrimiga asosan unga nisbatan ijro etish usuli va tartibi o`zgartirilib, cheklov olib tashlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1