AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaev shaharning kuz-qish mavsumiga tayyorligini o`rgandi

'Jahongir Ortiqxo`jaev shaharning kuz-qish mavsumiga tayyorligini o`rgandi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligida, Toshkent shaxar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev raisligida ko`p qavatli uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob`ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo`yicha ishlar natijadorligi va bu borada olib borilishi lozim bo`lgan ishlarga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda Toshkent shahar hokimining o`rinbosari Baxtiyor Raxmankulov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2019-2020 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi bo`yicha Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlar bo`yicha ma`lumot berdi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarga ham to`xtalib o`tdi. Qayd etilishicha, “1055 kommunal xizmatlarni boshqarish markazi”ga 2019 yil davomida 5 378 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 5 296 tasi bartaraf etilgan. Lekin, bugungi kunda tom qismidan chakki o`tish, lift ishlamasligi, issiklik ta`minoti talab darajasida emasligi hamda erto`lalardagi quvurlar nosozligi yuzasidan echimini kutayotgan muammolar ham bor. Hokim o`rinbosari bunday holatlar ayrim o`rinlarda tumanlardagi mutasaddilarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikda yo`l qo`ygan kamchiliklari, ba`zi hollarda esa shirkatlarning talab darajasida ishlamayotganligi sabab yuzaga kelayotganligini aytib o`tdi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahridagi 9964 ta ko`p kvartirali uylarga 2072 ta XUJMShlari va 187 ta Boshqaruv kompaniyalari xizmat ko`rsatib kelmoqda. Aholining, ko`p kavatli uy-joylardagi ichki isitish tizimidagi e`tirozlarini kamaytirish maqsadida 57 ta harakatlanuvchi mobil avariya-tiklov brigadalari tashkillashtirilib, ko`p kvartirali uylarning ichki isitish tizimlarini sozlash ishlari yo`lga qo`yildi.

Natijada 1707 ta uylarning issiqlik uzellarida kamchiliklar aniqlib, 1685 tasi bartaraf etildi. Eng ko`p muammolar Yunusobod tumanida 275 ta va Sergeli tumanida 345 ko`p qavatli uylarda aniqlandi.

Bundan tashqari 8808 ko`p qavatli uylarda 330 ming ta issiqlik tik quvurlari mavjud bo`lib, bugungi kunda 6747 ta ko`p qavatli uylar o`rganildi, shundan,365 ta uylarning 823 ta issiqlik tik quvurlarida kamchiliklar aniklandi, 762 tasidagi muammolar bartaraf etildi.

Majlisda aniqlangan kamchiliklar tumanlar kesimida alohida ko`rib chiqildi va ularni tezkorlik bilan bartaraf etish buyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

 

    Boshqa yangiliklar