1

Toshkentda haydovchi YPX xodimidan “Lacetti”da orqaga harakatlangangan holda qochdi. Buning sababi ham aniqlandi. (video)

Jamiyat 24.11.2019, 14:02
Teglar: Lacetti
Toshkentda haydovchi YPX xodimidan “Lacetti”da orqaga harakatlangangan holda qochdi. Buning sababi ham aniqlandi. (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Lacetti” rusumli avtomobil orqaga harakatlanib YPX xodimlaridan “qochayotgani” aks etgan, ammo natijada to`xtatilgani aks etgan videoyozuv joylandi. Video ostida qoldirilgan sharhda haydovchining harakatlariga uning kuchli ta`sir o`tkazuvchi vositalar iste`mol qilgani taxmin qilingan. Ushbu holat Toshkent shahar IIBB tomonidan tezkor o`rganildi.

Aniqlanishicha, 2019 yilning 21-noyabr kuni taxminan soat 01:25 da Yashnobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasida “Lacetti” rusumli avtomobilning harakatlanishi (davlat raqami 10 X 223 RA) YPX inspektorlarida gumon uyg`otdi. Haydovchiga to`xtash haqida ishora berildi. Ammo ishoraga bo`ysinmasdan harakatni davom ettirdi. YPX ekipaji xizmat avtomobilida qoidabuzarning ketidan yo`l oldi. Natijada avtomobil MEGA MED klinikasi yonidagi yo`l hududida to`xtatildi, shu erda haydovchi orqaga harakatlanib voqea joyini tark etmoqchi bo`lgan. Aynan shu joy hodisani mobil telefoniga tushirayotgan videooperator kadriga tushib qoldi. Qoidabuzarning ushbu harakatlari YPX inspektori tomonidan to`xtatilgach, haydovchi transport vositasini boshqarishdan chetlatildi. Hodisa fuqarolarning e`tiborini tortganligi sababli, haydovchi inspektorlar tomonidan xizmat avtomobiliga taklif etilgach, dastlabki to`xtatilgan joyga ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida bayonnoma tuzish uchun olib ketildi.

“Lacetti”ni boshqargan odam – Qoraqalpog`iston Respublikasida yashovchi 28 yoshli Sherzod S. ekanligi ma`lum bo`ldi. Uning keyinchalik aytgan gaplariga qaragandi, uning harakatlariga transport vositasini boshqarish uchun zarur bo`lgan ishonchnoma va majburiy sug`urta haqidagi polisi yo`qligi sabab bo`lgan. Haydovchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 135-moddasiga (“Yo`l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo`lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi”) va 194-moddasiga (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) muvofiq bayonnoma rasmiylashtirildi.

 Haydovchiga nisbata choralar haqidagi qarorni sud qabul qiladi. Qoidabuzar avtomobili yuqoridagi Kodeksning 291-moddasiga muvofiq jarima maydonchasiga joylandi.    

 

Sharhlar

Surxondaryoda "Lacetti" haydovchisi mashinasida YPX xodimini "sudrab" ketdi

27.09.2021, 20:14

Ijtimoiy tarmoqlarda "Yana bir YPX xodimi kapot ustida sudrab ketildi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Unda o`zboshimcha haydovchining to`xtash ishorasiga amal qilmay, avtomashina "kapot"i ustiga YPX...
Qarshida "Lacetti" haydovchisi piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan fuqaroni urib yubordi (video)

20.09.2021, 10:33

Qarshida "Lacetti" haydovchisi piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan fuqaroni urib yubordi.Bu haqda YHXBB xabar berdi.Unga ko`ra, joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 12:05 larda,...
Qashqadaryoda "Isuzu"ga urilgan "Lacetti" yonib ketdi. 4 kishi halok bo`ldi

05.08.2021, 18:44

Dehqonobod tumanida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lasetti Xorazm viloyatida yashovchi haydovchi boshqarib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to`qnashdi. Kelib chiqqan yong`in natijasida Lasetti avtomobilidagi...
Farg`onada «Lacetti» belgilanmagan joydan o`tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi(video)

10.04.2021, 19:07

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 9 aprel kuni «Lacetti» belgilanmagan joydan o`tayotgan velosipedchini bosib ketdi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1