1

Saida Mirziyoeva tanqididan so`ng Qarshidagi “Jurnalistlar uyi”ning qurilish ishlari yana jonlandi (foto)

Jamiyat 24.11.2019, 14:50
Teglar: Saida Mirziyoeva, Jurnalistlar uyi
Saida Mirziyoeva tanqididan so`ng Qarshidagi “Jurnalistlar uyi”ning qurilish ishlari  yana jonlandi (foto)

Bir muddat avval, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati “Jurnalistlar uyi” binosining achinarli ahvolga kelib qolganligi haqida xabar e`lon qilingan.

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o`rinbosari Saida Mirziyoeva ushbu holat tez orada bartaraf etilishiga umid bildirgandi

Shundan so`ng, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati ushbu ma`lumotni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzaevga etkazgan. Mazkur o`rinli tanqididan so`ng Zoyir Mirzaev viloyat tashkilotlari rahbarlariga muammoga e`tibor qaratib, ta`mirlash ishlarini yakuniga etkazish topshirig`ini berdi

Shunga ko`ra, 23 noyabr kuni Jurnalistlar uyida ommaviy hashar tashkil etildi va qurilish ishlari yana jonlandi. Bu haqda darakchi.uz'ga Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati rahbari ma`lum qildi.

Keltirilishicha, binoning issiqlik va elektr tizimidagi muammolarini bartaraf etish ishlari boshlangan. Quvurlar ta`mirlanayapti. Batareylar keltirildi. Shuningdek binoning orqa tomonidagi deraza romlari ham almashtiriladi.
 


 

Ushbu binoda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va erishilgan natija, bir so`z bilan aytganda "Jurnalistlar uyi"ning yangi qiyofasi haqida keyinchalik yana xabar qilamiz.

Sharhlar

Ayollarni himoyalovchi Qonun joriy etilishi zarur, qolgani keyin bo`ladi — Saida Mirziyoeva

24.01.2023, 11:29

Bugun Senatda NNT, davlat idoralari va faollar ishtirokida oiladagi zo`ravonlik to`g`risidagi qonunning jamoatchilik muhokamasi o`tkaziladi. Bu haqda xabar qilgan rezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar...
"Bugun o`qituvchi — farrosh, uyma-uy yuruvchi, pul yig`uvchi, komissiya uchun ofisiant, maktab qorovuli..." Saida Mirziyoeva tez orada qabul qilinishi kutilayotgan yangi Qonun loyihasi haqida ma`lum qildi (video)

19.12.2022, 11:44

O`qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot...
Mehmonga oyijonim kelsalar uyimiz haqiqiy bayramga aylanib ketadi — Saida Mirziyoeva

22.10.2021, 09:33

Kuni kecha Saida Mirziyoeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o`choqda ovqat pishirayotgani bilan bog`liq suratni ulashdi.U shu rasmga qoldirgan izohida o`zbek urf-odatlari haqida so`z yuritarkan, oila davrasida...
Saida Mirziyoeva birinchi ustozini esga oldi

01.10.2021, 16:16

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`zining birinchi ustozi haqida gapirdi: Mening birinchi Ustozim tug`ilishim bilanoq meni qo`llariga olganlar. Buvijonim, rus tili va adabiyoti...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1