AsosiyJamiyat

Maktab direktori sinfga televizor olish uchun ota onalardan 80 ming so`mdan pul yig`dimi?

'Maktab direktori sinfga televizor olish uchun ota onalardan 80 ming so`mdan pul yig`dimi?'ning rasmi

Joriy yilning 22 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo`shko`pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori tomonidan televizor sotib olishlari uchun ota onalardan 80 ming so`mdan pul yig`ilayotganligi to`g`risida xabar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan ma`lumot viloyat xalq ta`limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o`rganildi va quyidagilar aniqlandi:
Joriy yilning 9 noyabr kuni Qo`shko`pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida Kuzatuv kengashining tashabbusi bilan navbatdagi ota-onalar yig`ilishi o`tkazilgan. Yig`ilishda maktab-internati direktori O`.Raxmatullaev, direktor o`rinbosarlari, 18 nafar fan o`qituvchilari va 132 nafar ota- onalar ishtirok etishgan.
Kun tartibida 2019-2020 o`quv yili 1-chorak yakuni va voyaga etmaganlarning ta`lim tarbiya olishlarida ota-onalarning mas`uliyatini oshirish masalalari ko`rilgan.
Yig`ilish yakunida muzokara uchun ota-onalar o`z fikr-mulohazalarini bildirib, maktab-internatida o`quvchilarga dars o`tish jarayonida zamonaviy fan texnikalardan foydalangan holda olib borilsa, natijalar bundanda yaxshi bo`lishini, buning uchun esa sinf xonalariga televizor qo`yish taklifi bildirilgan. Hozirgi kungacha maktab hisob raqamiga ota-onalar tomonidan ixtiyoriy ravishda homiylik yordami sifatida mablag` o`tkazilib kelinganligi va shu bo`yicha taklifni amalga oshirish lozimligi ta`kidlangan. 
Yig`ilish yakunida ota-onalar tomonidan berilgan homiylik yordamlari sinf ota-onalar qo`mitalari tomonidan amalga oshirilishi va nazorati maktab-internati Kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan. 
O`rganish davomida maktab rahbariyati tomonidan ota-onalardan tushgan homiylik mablag`lariga aralashilmaganligi, sinf xonalariga televizor qo`yish taklifi maktab direktori tomonidan emas, balki ota-onalar tomonidan bildirilganligi va direktor tomonidan televizor olish uchun ota-onalardan pul yig`imlarini amalga oshirish bo`yicha hech qanday topshiriq bo`lmaganligi aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar