1

Rossiyadagi mudhish YTHda halok bo`lgan o`zbeklar haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 24.11.2019, 20:17
Teglar: YTH, Rossiyada
Rossiyadagi mudhish YTHda halok bo`lgan o`zbeklar haqida ma`lumot berildi

Xabaringiz bor, sal avval Rossiyaning Orenburg-Oqbulak trassasida mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokida mudhish yo`l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar qilgan edik.

Ayni  payotda Tashqi ishlar vazirligi mazkur YTHda halok bo`lgan o`zbekistonliklar haqida ma`lumot berdi

Unga ko`ra, 2019-yil 22-noyabr kuni Orenburg-Oqbuloq trassasida Orenburg viloyati hududida ichida 8 nafar yo`lovchi, jumladan 5 nafar O`zbekiston fuqarosi bo`lgan mikroavtobus ishtirokida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida hamyurtlarimizdan 4 nafari vafot etdi, 1 nafari esa Orenburg viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirildi.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi hamda O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o`lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

Sharhlar

Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

13.01.2023, 09:20

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1