AsosiyJamiyat

Kecha 6 nafar odam is gazidan zaharlandi

'Kecha 6 nafar odam is gazidan zaharlandi'ning rasmi

 

Kecha, 24 noyabr kuni yana is gazidan zaharlanish qayd etildi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Keltirilishicha, Andijon viloyati, Ulug`nor tumani hamda Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanida yashovchi 6 nafar fuqaro (2 nafar erkak, 3 nafari ayol, 1 nafari voyaga etmagan qiz) gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari oqibatida is gazidan zaharlanib, o`zlarini noxush his qilib, shifoxona yotkizilgan. 

Ushbu xolatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov oldi tekshiruv xarakatlari olib borilmokda.   

“Hurmatli fuqarolar!!! 

Bunday ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong`in va xavfsizlik talablariga qat`iy rioya qilishingizni so`raymiz!” — deya, ogohlantirmoqda Bosh prokuratura.

Boshqa yangiliklar