1

Andijon viloyatiga bosh imom-xatib tayinlandi

Jamiyat 25.11.2019, 12:00
Teglar: Andijon, imom-xatib
Andijon viloyatiga bosh imom-xatib tayinlandi

 

Joriy yil 24 noyabr kuni Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Abdug`ofur Ahmedov va O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Andijon viloyatiga safar qilishdi. Tashrifdan ko`zlangan maqsad viloyatda diniy-ma`rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, imom-xatiblar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashish, muammo va takliflarni tinglash, o`z navbatida, amalga oshirilgan ishlarni ko`zdan kechirish hisoblanadi.
Andijon viloyati vakilligi binosida viloyat imom-xatiblari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Ushbu yig`ilishda tizimda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar tinglandi, echimi bo`yicha aniq takliflar berildi.
Yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rildi. Mirzamaqsud Alimov Andijon viloyati bosh imom-xatibi etib tayinlandi.
O`z navbatida, viloyat bosh imom-xatibi M.Alimov so`zga chiqib,  bildirilgan ishonch uchun alohida minnatdorlik bildirdi. O`ziga topshirilgan mas`uliyatli vazifani sidqidildan bajarishini aytib o`tdi.

 

Sharhlar

Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Andijonda aka-ukani urib ketib, ulardan birining o`limiga sababchi bo`lgan YPX xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda

10.08.2023, 20:43

Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Andijonda qizlar o`rtasida ommaviy mushtlashuv bo`ldi (video)

21.12.2022, 09:11

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida qizlar o`rtasida janjal yuz bergani aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, 7...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1