AsosiyJamiyat

Sherzod Shermatov Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlotni qabul qildi

'Sherzod Shermatov Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlotni qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Buyuk Britaniyaning Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlotni qabul qildi.

Uchrashuv davomida elchi mamlakatimizda olib borilayotgan xalq ta`limi sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, O`zbekiston va Buyuk Britaniya o`rtasida ta`lim sohasidagi hamkorlik va qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Ta`kidlash joizki, XTV va Britaniya Kengashi maktablarda ingliz tilini o`qitishni takomillashtirish uchun birgalikda ishlamoqda. Uchrashuvda ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan ekologiya masalalari ham muhokama qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar