1

O`zbekistonda ruxsati bo`lmagan ayrim Rossiya OTMlari abiturientlardan hujjat qabul qilayotgani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 25.11.2019, 13:22
Teglar: Oliy ta`lim
O`zbekistonda ruxsati bo`lmagan ayrim Rossiya OTMlari abiturientlardan hujjat qabul qilayotgani ma`lum bo`ldi

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O`zbekistonda oliy ta`lim muassasasi sifatida faoliyat ko`rsatish huquqiga ega bo`lmagan ayrim OTM abiturientlardan hujjat qabul qilayotgani haqida  xabar berdi. 

(https://t.me/uztdi/590)Inspeksiya xabariga ko`ra, yangi o`quv yili boshlanganiga 3 oy bo`lgan bo`lsada, 2019/2020 o`quv yili uchun o`qishga kirishga abiturientlardan hujjat qabul qilish jarayoni davom etayotgani va ushbu xizmat uchun pul undirilayotganligi, kontrakt shartnomalari tuzilayotganligi to`g`risida ko`plab murojaatlar kelib tushganmoqda.

Xususan, fuqarolardan bo`layotgan murojaatlarga ko`ra Rossiya Federasiyasining ayrim oliy ta`lim muassasalari O`zbekiston Respublikasi hududida oliy ta`lim berishga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo`lmay turib, abiturientlardan hujjat qabul qilmoqda. 

Jumladan: 

👉 Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti;

👉 Moliya, iqtisod va zaxiradagi ofiserlar huquqi instituti;

👉 “Tadbirkorlik oliy maktabi” xususiy oliy ta`lim muassasasi;

👉 “Sharqiy-Evropa instituti” xususiy oliy ta`lim muassasasi;

👉 “Sibir biznes va axborot texnologiyalari instituti” nodavlat oliy ta`lim muassasasi va boshqalar.

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, nodavlat ta`lim tashkiloti sifatida Ta`lim inspeksiyasi ro`yxatidan o`tmagan nodavlat ta`lim tashkilotlari tomonidan berilgan ta`lim olganligi to`g`risidagi hujjatlar yuridik huquqqa ega emas. 

O`zbekistonda akkreditasiyalangan va diplomi tan olinadigan oliy ta`lim muassasalari ro`yxati bilan quyidagi manzilda (http://tdi.uz/)  tanishish, qiziqtirgan savollar bilan @Uztdibot telegram bot orqali murojaat qilish mumkin.

Avvalroq Jizzaxda OTMga qabul bo`layotganligi holatiga vazirlik aniqlik kiritilgan edi.

 

Sharhlar

Universitetga kirishda minimal o`tish ballari o`zgardi

08.05.2024, 15:04

Oliy ta`lim tizimida bir qator o`zgarishlar joriy qilinmoqda. Bu yildan universitetga kirish imtihonlaridan minimal o`tish ballari o`zgardi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligida...
Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etiladi

29.09.2021, 14:53

Andijonda bo`lib o`tayotgan yig`ilishda Shavkat Mirziyoev viloyatdagi ta`lim sohasini kutayotgan yangiliklar haqida ham to`xtalib o`tdi. “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning yig`ilishdan ma`lum qilishicha, 2010 yilda tugatib yuborilgan...
Koronavirusga qarshi vaksina olgan sirtqi yoki kechki ta`lim shakli talabalari uchun ham 10 foizlik chegirma beriladi

29.09.2021, 14:32

Avvalroq, O`zbekistondagi Oliy ta`lim muassasalarida super kontraktning minimal miqdorlari belgilangani haqida xabar bergan edik. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining xabar berishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan...
Oliy ta`lim muassasalarida super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi

29.09.2021, 13:58

2021/2022-o`quv yili qabulida bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko`ra to`plagan ballari tasdiqlangan to`lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq etmagan, 56,7 balldan kam...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1