AsosiyJamiyat

Endi bog`chalar turar-joy binolarining birinchi qavatida joylashadi

'Endi bog`chalar turar-joy binolarining birinchi qavatida joylashadi'ning rasmi

2019 yil 23 noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida ikkita  davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining (keyingi o`rinlarda -MTT) ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Umumiy hajmi 370 nafar bolani tarbiyalashga mo`ljallangan ushbu MTTning ochilish marosimida Maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin ishtirok etdi.

Sergeli tumanida qurilgan yangi maktabgacha ta`lim muassasalari turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan.

“Sirg`ali tumani qurilish zichligi va yosh oilalarning ko`pligi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta`lim vazirligi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda aholini zarur ijtimoiy infratuzilma bilan ta`minlashga harakat qilmoqda. Biz yangi ob`ektlarni qurmoqdamiz va mavjudlarining imkoniyatlarini oshirmoqdamiz. Yangi MTT turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan bo`lib, u ota-onalar va bolalar uchun qulaydir. Hammasi bo`lib ikkita maktabgacha ta`lim muassasasida 7 ta kunlik guruhlar va 4 ta qisqa muddatli guruhlar ikki smenada faoliyat yuritadi”, - deydi maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin.

Oziq-ovqat mahsulotlari ikki xil tarzda tashkil qilinadi:

- autsors tarzida jalb qilinuvchi firmalarga mtt hududida ovqat tayoyrlash uchun ularga oshxonalar, jihozlar va boshqa uskunalardan foydalanish imkoniyatini berish;

- keytering, ya`ni tayyor ovqatni MTTga etkazib berish.  

Shuningdek, ikkita maktabgacha ta`lim muassasasining ochilishi pedagog va yordamchi xodimlar uchun qo`shimcha 41ta ish o`rnini yaratadi. Ikkala MTT ham 2019 yil dekabr oyida ishga tushadi.

 

    Boshqa yangiliklar