«JV MAN AUTO-UZBEKISTAN» kompaniyasi “Toshshahartransxizmat” AJga yangi MAN RR3 shaharlararo avtobuslarining bir partiyasini taqdim etdi. 18 dona avtobus bugun kompaniyaning Samarqand viloyatidagi Servis va dilerlik markazidan yo`lga chiqdi.
Yangi MAN RR3 avtobusi O`zbekiston Respublikasida shaharlararo yo`lovchi tashishga mo`ljallangan. MAN RR3 maksimum qulaylik, yuqori xavfsizlik va namunaviy ekologik tozalikni taklif etadi. Engil alyumin kuzov yo`l qoplamasiga yuklamani kamaytirib, undan foydalanish muddatini uzaytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, avtobus o`zining qudratli dvigateli va dinamik xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Yuqori unumdor, shu bilan birga tejamkor dvigatellar va optimal suratda tanlangan uzatmalar qutisi mutlaqo ishonchli ishlaydi – bu qisqa masofalarda ham, uzoq reyslarda ham namoyon bo`ladi. O`rindiqlarning qulay joylashuvi 47 nafargacha yo`lovchini tashish uchun etarlicha makonni ta`minlaydi.
MAN kompaniyasi Samarqand viloyatidagi ishlab chiqarish maqdonchalarida 2018 yildan boshlab shaharlararo va sayyohlik avtobuslarini seriyali ishlab chiqarishni yo`lga qo`ygan. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 100dan ziyod dona mana shunday avtobuslarni chiqarish imkonini beradi.
MAN shaharlararo va sayyohlik avtobuslarini ishlab chiqarish shaharlar va mamlakatlar o`rtasida aholiga transport xizmatini ko`rsatish tizimini takomillashtirishga ko`mak beradi, shaharlararo va xalqaro yo`lovchi tashish hajmini oshiradi, shuningdek turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.