AsosiyJamiyat

“Uzbekistan Airways”ning chipta narxlari nega qimmatligi ochiqlandi

'“Uzbekistan Airways”ning chipta narxlari nega qimmatligi ochiqlandi'ning rasmi

Transport vazirligining vakillari aviachiptalar narxi nega qimmatligiga, qo`shni davlatlar kabi narxlarni arzonlashtirish uchun qanday choralar ko`rilayotgani haqida jurnalistlarning savollariga javob berdi. Bu haqda matbuot anjumanida ishtirok etgan O`z A muxbiri xabar bermoqda. 

 Ulug`bek Bektoshev,  Transportini rivojlantirish departamenti boshlig`i:

– Aviachiptalar narxining 30-40 foizi kerosin bilan bog`liq. Bizda u etarlicha bo`lmagani uchun xorijdan qimmat narxlarda sotib olinadi. Chet eldan kelgan samolyotlarga kerosinning bir tonnasi bir ming ikki yuz dollardan sotilar edi. Bugungi kunda yangi tizimga ko`ra “Uzbekistan Airways” kompaniyasi o`zi uchun kerosinni sotib olmoqda. Chet el aviakompaniyalari uchun esa yangi narx belgilandi, 890 dollar atrofida. Bu xorijliklar uchun ma`qul bo`lmoqda.

Hozirda 11 ta xalqaro aeroportda sharoitlar yaratilgan. “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati kerosinni import qilib sotmoqda.

    Boshqa yangiliklar