AsosiyJamiyat

Qishning izg`irinida uysiz qolgan odamni ko`rsangiz 102 xabar bering. Boshpana bilan ta`minlandi

'Qishning izg`irinida uysiz qolgan odamni ko`rsangiz 102 xabar bering. Boshpana bilan ta`minlandi'ning rasmi

 23-noyabr kuni taxminan soat 20:30 da Mirobod tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektori kapitan Kutumov B. muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan, “Furqat” mahallasi A.Fitrat ko`chasida (5-son tug`ruqxona yonida) oyog`i gipslangan, sovuqdan sellofan yordamida to`sinishga urinayotgan kishini ko`rib qoladi. U 38 yoshli Sherzod B. ekanligi ma`lum bo`ldi. Kapitan unga issiq joyda tunash mumkinligini aytdi, u rozi bo`lgach, uni xizmat avtomobilida Panel massivi, Chashma ko`chasi (Baratxo`ja), 3-uyda manzili bo`yicha joylashgan Muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markaziga etib kelishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda

Bugungi kunda u erda yuzdan ortiq insonlar qaror topishgan, ularda sovuq kunlarni qulayroq sharoitda o`tkazish, ixtiyor bo`lsa yordamdan foydalanish va hayotlarini yaxshi tomonga o`zgartirish imkoniyati mavjud.       

Toshkent shahar IIBB 2018 yilning boshidayoq Reabiliatasiya markazi uysiz qolganlarni boshpana, toza kiyim va ovqat bilan ta`minlay boshladi. Harorat pasaygan sari, muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan insonlar uchun holat qiyinlashadi.bunday boshpanasiz fuqarolar uchun markazda hujjatlarni tiklashda, ishga joylashishda, yangi hayot sari ilk qadamlar qo`yishda ham ko`mak berishadi. 

Poytaxtning loqayd bo`lmagan aholisi bu ishda katta yordam ko`rsatishmoqda: Markazga kelib joylashayotgan insonlarga oziq-ovqat va toza qalin kiyimlar, gigiena vositalari va boshqa maishiy jihozlar kerak. Shuning uchun IIBB xodimlari yordam qo`lini cho`zmoqchi bo`lgan mehmonlardan minnatdordir. 

Toshkent shahar IIBB poytaxtaxliklardan qish kechalarini ko`chada o`tkazayotgan insonlarni ko`rganida, 102 raqami orqali xabar qilishlarini so`romoqda.

    Boshqa yangiliklar