AsosiyJamiyat

Farg`onalik erkak 4000 AQSh dollari evaziga Koreyaga ishga yubormoqchi bo`ldi

'Farg`onalik erkak 4000 AQSh dollari evaziga Koreyaga ishga yubormoqchi bo`ldi'ning rasmi

Farg`onalik  A.Ch. tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga fuqaro Sh.U.dan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur noqonuniy harakat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Ayni paytda holat yuzasidan fuqaro A.Ch.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar