Fuqarolik ishlari bo`yicha Karmana tumanlararo sudining 2017 yil 22 maydagi ijro varaqasiga asosan J.Asomovdan undiruvchi J.Xudoyqulova foydasiga ¼ miqdorda aliment undirish belgilangan.
MIBning darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, qarzdor ikki yarim yil mobaynida aliment pullarini to`lashdan bo`yin tovlab qochib yurgan edi.
Majburiy ijro byurosining Navoiy shahar bo`limi qidiruv guruxi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor J.Asomov ushlab kelindi.
Ma`muriy qamoq masalasini hal qilish uchun Navoiy shahar Ma`muriy sudiga taqdim etildi hozirgi kunda qarzdor J.Asomovga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.