AsosiyJamiyat
3668

Mahalliy kengashlar ayrim soliqlarni to`lash muddatini uzaytirdi

'Mahalliy kengashlar ayrim soliqlarni to`lash muddatini uzaytirdi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, er solig`i va yagona er solig`i bo`yicha to`lash muddatini uzaytirish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, er solig`i, yagona er solig`ini to`lash muddati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan moliyaviy holati soliq qarzdorligini belgilangan muddatda to`lashga imkon bermaydigan yuridik shaxslar uchun uzaytiriladi.

Bunda quyidagi asoslardan biri mavjud bo`lishi kerak:

* agar soliqlar, penyalar va jarimalar bo`yicha qarzdorlikning bir martalik to`lovi soliq to`lovchini bankrotlikka olib kelsa;

* soliq to`lovchining ishlab chiqarish va (yoki) tovarlar va xizmatlar realizasiyasi mavsumiy xususiyatga ega bo`lsa;

* soliq to`lovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki engib bo`lmaydigan kuchlarning boshqa holatlari natijasida zarar etkazilgan taqdirda.

Soliq to`lashning muddati 1 oydan 24 oygacha:

* soliq qarzdorligining butun summasiga yoki uning bir qismiga yoki kelgusida yuzaga keladigan soliq qarzdorligiga nisbatan;

*mazkur Nizomda nazarda tutilgan bir soliq yoki soliqlarning bir necha turi bo`yicha uzaytirilishi mumkin.

Soliqlarni to`lash muddatini uzaytirish Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarining tegishli qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar