1

147 nafar afg`onistonlik tahsil olish uchun O`zbekistonga keldi (foto)

Jamiyat 27.11.2019, 08:18
Teglar: O`zbekiston, afg`onistonlik
147 nafar afg`onistonlik tahsil olish uchun O`zbekistonga keldi (foto)

O`zbekistonda oliy ma`lumot olish va malakali mutaxassis bo`lish istagida tashrif buyurgan 147 nafar afg`onistonlik yoshlardan iborat delegasiya 2019 yil 25 noyabr kuni “Hayraton” chegara postida tantanali kutib olindi. Bu haqda darakchi.uz'ga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Afg`oniston Islom Respublikasi fuqarolari Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Afg`on fuqarolarini o`qitishga mo`ljallangan ta`lim markazida tahsil olishadi.

Afg`onistonlik yoshlardan 119 nafari O`zbek tili va adabiyoti, 18 nafari Akusherlik va hamshira ishi hamda 10 nafari Er usti transport tizimlari va ekspluatasiya, lokomotiv va vagonlar ishi ta`lim yo`nalishlarida o`qishadi. 

Talabalarga mashg`ulotlar olib borish uchun Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent temir yo`l muhandislari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasidan professor-o`qituvchilar jalb etilgan.

Talabalarni kutib olish marosimida O`zbekiston Respublikasining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili I.Irgashev, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari S.Buzrukxonov, AIR Termiz shahridagi konsuli S.Sakandariy, AIR Oliy ta`lim vazirining o`rinbosari A.Hoshimiy, viloyat hokimligi rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1