O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi umumta`lim maktablari o`rtasida “5 tashabbus maktabda” festivalini o`tkazmoqda.
Mazkur festival o`quvchilarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma`naviyatini yuksaltirish, madaniy saviyasini rivojlantirish va sportga jalb etish, axborot-texnologiyalari hamda kitob mutolaasiga qiziqish uyg`otish, o`quvchi qizlarni ijtimoiy hayotga jalb etish maqsadida tashkil etildi, deydi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov festivalga bag`ishlangan matbuot anjumanida.
Festival doirasida xor jamoalari, teatr studiyalari, vokal, raqs, badantarbiya mashg`ulotlari, gimnostradalar, dasturlash, robototexnika, injenerlik to`garaklarining taqdimotlari, kitobxonlik kechalari, qizlarjonlar klublarining faoliyatlari, pazandachilik ko`rgazmalari tashkil etiladi.






