Joriy yilning 28 noyabr kuni Toshkent shahridagi “O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “XXI asrda gender va yoshlar masalalari bo`yicha sheriklikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro forum bo`lib o`tadi. bu haqda Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati xabar qildi.
Xalqaro forumda 50 dan ziyod xorijiy va 100 ga yaqin mahalliy ekspertlar ishtirok etadi.
Forumning 3 ta sho``basi doirasida gender tenglikni ta`minlash hamda ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish, bu borada qabul qilingan yangi me`yoriy-huquqiy hujjatlar bilan xalqaro jamoatchilikni tanishtirish, xorijiy tajribani o`rganish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash nazarda tutilgan.
Tadbir O`zbekiston Respublikasining gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Senatning 21-yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi qonun ma`qullandi.
O`zbekiston tarixida birinchi marta Gender komissiya tuzildi.






