Biznes-ombudsman vakili so`nggi yillarda tadbirkorlar tomonidan eng ko`p shikoyat tushgan 3 muammoni ma`lum qildi.
Unga ko`ra hozirda tadbirkorlarni er olish muammolari, banklardan kredit olish qiyinchiliklari va kommunikasiya, ya`ni gaz, elektr masalalari qiynamoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi press-kofe muloqotida ma`lum qilindi. Muloqotda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar, savdo-sanoat palatasi, biznes ombudsman vakillari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.






